16:31 / 09.07.2021
1 815

Qo‘l sumkasiga yashirilgan og‘u


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari hamda DXX vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasining oldini olishdi.
 
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida piyoda xarakatlanib ketayotgan fuqaro O.F. to‘xtatilib uning qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida tekshirildi.

Ko‘zdan kechirish jarayonida sumka ichidan qora rangli polietilen paketga o‘ralgan, to‘q jigarrang, o‘ziga xos o‘tkir xidli, og‘irligi 975 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasi topildi. Hozirda aniqlangan mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘l sumkasiga yashirilgan og‘u