14:26 / 11.07.2021
5 359

«Korrupsion jinoyatlar soni yildan yilga kamayib bormoqda» — Ikrom Muslimov


Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov 9 iyul, juma kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ayrim sohalarda korrupsion jinoyatlarning soni kamaymayotgani ularda xavotir uyg‘otayotganini aytdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Sud amaliyoti shuni ko‘rsatyaptiki, sodir etilayotgan korrupsion jinoyatlar soni yildan yilga kamayib bormoqda. Lekin ayrim sohalarda shu turdagi jinoyatlarning soni kamaymayotgani ham bizda asosli xavotir uyg‘otmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda sudlarimiz tomonidan ham aynan korrupsion jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda alohida yondashuv belgilangan. Bu toifadagi ishlarni ko‘rish, jazo amaliyoti, qolaversa, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar vaqti-vaqti bilan umumlashtirilib, Oliy sud plenumi qarori, Rayosat qarori bilan sudlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib kelinyapti.

Bugungi kunda jinoyat sodir etgan shaxslar haqida axborot markazida elektron axborotlar shakllantirilgan. Aynan korrupsion jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan elektron reyestrni shakllantirishdan ko‘zlangan maqsad shuki, bu ochiq bo‘ladi hamda ertaga korrupsion jinoyati uchun sudlangan shaxs o‘zining sudlanganligini yashirib, boshqa bir davlat organiga ishga kirib qolishining oldini olish uchun yaratilayotgan mexanizm», — dedi Ikrom Muslimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Korrupsion jinoyatlar soni yildan yilga kamayib bormoqda» — Ikrom Muslimov