14:30 / 12.07.2021
1 863

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 297 kishida pnevmoniya, 458 kishida koronavirus tasdiqlandi


O‘zbekistonda 11-iyul kuni 458 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 116 421 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining
  • 43 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 17 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 56 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 9 nafari Navoiy viloyatida,
  • 21 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 33 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 17 nafari Xorazm viloyatida,
  • 44 nafari Toshkent viloyatida,
  • 102 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 297 nafar kishida pnevmoniya tasdiqlandi.

Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 325 kishi — Buxoroda 19 nafar, Jizzaxda 63 nafar, Qashqadaryoda 12 nafar, Navoiyda 6 nafar, Namanganda 42 nafar, Samarqandda 40 nafar, Farg‘onada 63 nafar, Toshkent viloyatida 35 nafar, Toshkent shahrida 45 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar soni 111 514 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 774 nafarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 297 kishida pnevmoniya, 458 kishida koronavirus tasdiqlandi