08:00 / 13.07.2021
2 401

Toshkentda «razborka» uchun to‘plangan o‘nlab maktab o‘quvchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi


Toshkent shahri Mirobod tumanida tunda to‘plangan 8, 9, 11-sinf o‘quvchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 10 iyul kuni, taxminan, soat 20:30 larda navbatchilik qismiga Mirobod tumanidagi Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida bir nechta yosh yigitlar to‘planganligi hamda o‘zaro munosabatlarini hal qilayotgani, ularning bu mojarosi katta janjalga aylanib ketishi mumkinligi haqidagi xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘nlab voyaga yetmaganlar — 8, 9, 11-sinf o‘quvchilari o‘zaro bahslashayotganini aniqladi. Sodir bo‘lgan voqeaning sabablarini o‘rganish maqsadida ularning barchasi Yashnobod tumani IIO FMBga olib kelingan.

Mojaro ishtirokchilaridan birining Toshkent shahar IIBB xodimlariga ma’lum qilishicha, munosabatlarni hal qilishiga ijtimoiy tarmoqlarda raqibi uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganligi sabab bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari voyaga yetmaganlar bilan ro‘y bergan hodisa haqida ota-onalariga xabar berdi va ular ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazdi. Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tekshiruv davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «razborka» uchun to‘plangan o‘nlab maktab o‘quvchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi