15:40 / 13.07.2021
2 898

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun dam oladi


Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda 2021 yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan budjet tashkilotlarida ishlovchilar ketma-ket uch kun dam olishadi.
Prezident farmoniga asosan, 20–22 iyul (seshanba–payshanba) kunlari – ish haftasining turidan qat'i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kunlari hisoblanadi.

Bunda, haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) ish kunlari mos ravishda 21 iyul va 22 iyulga ko‘chiriladi.

Haftada 5 va 6 kun ishlovchilar uchun grafik quyidagicha bir xil:
  • 17 iyul (shanba) – ish kuni
  • 18 iyul (yakshanba) – dam olish kuni
  • 19 iyul (dushanba) – ish kuni
  • 20 iyul (seshanba) – dam olish kuni
  • 21 iyul (chorshanba) – dam olish kuni
  • 22 iyul (payshanba) –  dam olish kuni
  • 23 iyul (juma) – ish kuni
  • 24 iyul (shanba) – ish kuni
  • 25 iyul (yakshanba) – dam olish kuni
Har yillik mehnat ta'tilining davomiyligi mazkur qisqartirish hisobga olingan holda, 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun dam oladi