18:28 / 13.07.2021
3 128

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi


Namangan viloyati Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan sel oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 13 iyul kuni Qirg‘iziston Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Obod» MFY hududidan o‘tuvchi «Kosonsoy» soyidan oqib kelgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan taqdim etilishi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni Namanganning Kosonsoy tumanida kuchli do‘l yog‘di. Voqea guvohlarining aytishicha, kattaligi toshdek keladigan do‘l kuchli yomg‘ir aralash yog‘gan. Tumanda avval bunday do‘l yog‘ishi kuzatilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi