21:22 / 13.07.2021
2 260

Kredit olishda o‘z mulkini garovga qo‘ygan shaxs undovi bilan kredit to‘liq qoplandi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 17.06.2021 yildagi 2103/1753-sonli ijro varaqasiga asosan da’vogar “Asaka bank” Farg‘ona viloyat filiali foydasiga javobgar oilaviy korxonasi va qo‘shimcha javobgar X.Abdullayevdan 71 800 000 so‘m kredit qarzi, 75 000 000 so‘m muddati o‘tgan qarzdorlik, 17 150 so‘m pochta harajati jami 146 817 150 so‘m undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan 28.06.2021 yilda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, bu haqda  qarzdorga ma’lum qilingan hamda sud qarori ijrosini ta’minlash uchun 10 kun ixtiyoriy muddat belgilab berilgan, biroq ijrosi ta’minlanmagan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 10 iyul kuni majburiy ijro harakatlari davomida qo‘shimcha javobgarga tegishli bo‘lgan Bag‘dod tumani, Begvachcha qishlog‘ida joylashgan 17 ta xonadan iborat hammom va sauna bino-inshootlarini xatlash boshlangan.

Qo‘shimcha javobgar X.Abdullayev qarzdor oilaviy korxonasi mutasaddi rahbarlarini mas’uliyatini yanada oshirib, garovga qo‘yilgan mulklar xatlash ijro harakati tamomlanmasidan 146 817 150 so‘m qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgan.

Bu haqda “Asaka banki” Farg‘ona viloyat filiali tomonidan tegishli munosabat xati taqdim etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit olishda o‘z mulkini garovga qo‘ygan shaxs undovi bilan kredit to‘liq qoplandi