16:35 / 14.07.2021
2 104

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Farg‘onaga keldi


Bugun, 14 iyul kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mehmonning samolyoti Farg‘ona xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Yuqori martabali mehmonni aeroportda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov kutib oldi. Tashrif davomida ularga shuningdek ikki tomonning favqulodda va muxtor elchilari hamrohlik qilmoqda.

Kutib olish marosimidan so‘ng Mavlud Chovusho‘g‘li Marg‘ilondagi hunarmandchilik markazi tomon yo‘l oldi. Bu Mavlud Chovusho‘g‘lining O‘zbekistonga ikkinchi tashrifi bo‘lib, bundan oldin u 2021 yilning 6-9 mart kunlarida Xiva, Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Farg‘onaga keldi