10:53 / 15.07.2021
9 221

Qarshi tumanidagi bog‘chada 12 ta «o‘lik jon» topildi


Kuni kecha Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonov tizimdagi «o‘lik jon»lar, ishlamaydigan, ammo maosh olayotgan xodimlar fosh etilayotgani haqida gapirdi. Bu haqda boshqarma axborot xizmatiga tayanib «Nasafnews» xabar berdi.

«Birgina Qarshi tumanidagi 12-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 12 ta «o‘lik jon» topildi. Eshitayapsizmi, 12 ta! Bu ishni qilish uchun odamning vijdoni o‘lik bo‘lishi kerak, nazarimda», — deya ta’kidlab o‘tgan A.Alimardonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshi tumanidagi bog‘chada 12 ta «o‘lik jon» topildi