09:00 / 16.07.2021
2 588

O‘zbekistonda koronavirusning qaysi shtammlari ko‘proq uchramoqda?


O‘zbekistonda koronavirusning qaysi shtammlariga ko‘p chalinish holatlari kuzatilayotgani haqidagi savolga AOKAda bo‘lib o‘tgan brifing davomida javob berildi.

— Bugun kunda, asosan, koronavirusning qaysi shtammi odamlarda ko‘p kuzatilyapti? Buning asosiy sabablari nimada?
— Bugungi kunda koronavirus kasalligining tarqalishi va odamdan odamga o‘tishi oqibatida turli shtammlar kelib chiqishini bilamiz. Mutatsion shtammlar paydo bo‘lmasligi uchun kasallik tarqalishini to‘xtatishimiz kerak. Lekin dunyodagi kasallik to‘lqinlari orasida bir nechta shtammlar paydo bo‘ldi.

Odamlarda koronavirusning qanday shtammi bilan kasallanganini bilish uchun skrining usuli bilan aniqlash mumkin. Bugungi kunda turli xil shtammlar kuzatilyapti. Buni aniqroq o‘rganish uchun qo‘shimcha murojaat qilganlar va skrining tahlillari yakunlangandan so‘ng yaqin kunlarda qaysi shtammlar uchrayotgani haqida ma’lumot ham berishimiz mumkin, — deydi Sevara Ubaydullayeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusning qaysi shtammlari ko‘proq uchramoqda?