21:00 / 16.07.2021
3 218

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat haqida: «Vaziyat nihoyatda og‘ir, lekin hayot davom etyapti»


O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha 15 iyul kuni Ko‘ksaroy qarorgohida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon Afg‘onistondagi vaziyat haqida so‘z yuritdi.

«Muzokaralar davomida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, ayniqsa, Afg‘onistonda tinchlik jarayonlariga hissa qo‘shishda qanday hamkorlikni amalga oshirishimiz bo‘yicha batafsil fikr almashdik. Afg‘onistondagi vaziyat bizni nihoyatda xavotirga soladi. Umumiy maqsadimiz bitta – Afg‘oniston zaminida tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatishni istaymiz. Bu yo‘lda qo‘limizdan kelgan hamma ko‘makni ko‘rsatamiz.

Barchalaringizni xabaringiz bor, biz ikki yildan beri juda katta harakatlar qilib, Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temir yo‘li qurish masalasi bo‘yicha ko‘plab qo‘shni va hamkor mamlakatlar bilan atroflicha kelishib oldik. Vaziyat nihoyatda og‘ir, lekin hayot davom etyapti.

Bugun Afg‘oniston prezidenti bilan uch soatdan ko‘proq muloqot qildik, Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan ham bu borada suhbatlashdik. Bizning g‘oyamiz, tashabbusimiz bo‘lgan ushbu yirik loyihani amalga oshirishda katta kelishuvlarga erishdik», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Toshkentda 16 iyul kuni «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev unda nutq so‘zlab, tarixiy aloqalarni tiklash muhimligini, sa’y-harakatlarni birlashtirish fursati kelganini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat haqida: «Vaziyat nihoyatda og‘ir, lekin hayot davom etyapti»