Foto: Pixabay
Shimoliy Karolina universiteti muhandislari «antichivin» kiyimni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Kiyim matodan tikilgan va uning tarkibida insektitsidlar mavjud emas, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Mazkur kiyim hozirda testdan o‘tkazib bo‘lingan. Hisoblash modelining ko‘rsatishicha, kiyim 100 foiz holatda chivin chaqishining oldini oladi. «Biz tolalar orasidagi teshiklar o‘lchamini va iplarning qalinligini hisoblab, shundan so‘ng tegishli matoni yaratdik», — deydi olimlar.
Bundan tashqari, olimlar o‘z mahsulotini insektitsidlar yordamida ishlov berilgan kiyimlar bilan taqqoslab ko‘rgan va natija kutilganidan yaxshiroq bo‘lgan. Endilikda ixtirochilar o‘zlari yaratgan «antichivin» kiyimni patentlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu kiyim boshqa hasharotlardan himoyalanishda ham samara beradi.
Bugungi kunda muhandislar ushbu mato asosida ichki kiyim, yengi uzun ko‘ylak va boshqa kiyimlarni ham yaratgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi