08:50 / 17.07.2021
5 138

«Samarqand va Buxoroni ko‘rishni yoshligimdan orzu qilardim» - Pokiston bosh vaziri Imron Xon


Foto: O‘zA
Pokiston bosh vaziri Imron Xon O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi va Registon majmuasida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Yuqori martabali mehmonga mazkur obidalarning bunyod etilish tarixi, Amir Temur va temuriylarning davlatchilik an’analari, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Registon maydonidagi Tillakori madrasasida namoyish etilgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari, bu ishni davom ettirib kelayotgan usta va hunarmandlarning ishi yuqori martabali mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Pokiston bosh vaziri yoshligidan Samarqand va Buxoroni ko‘rishni orzu qilgani, Amir Temurning bunyodkorlik ishlarini katta qiziqish bilan o‘rganganini aytdi. Imron Xon buyuk sohibqironning bunyodkorlik ishlariga dunyoning turli mamlakatlaridan eng yaxshi ustalarni jalb qilgani va u qurdirgan binolarda moviy rangga alohida e’tibor qaratilganini qayd etdi.

Foto: O‘zA
Imron Xon, shuningdek, O‘zbekiston Abdulla Aripov hamrohligida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilinib, buyuk alloma yod etildi.

Islom olamida muhaddislar sultoni, deb e’zozlanadigan Imom Buxoriy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish, bu zot nomi bilan bog‘liq maskanni obod etish borasida olib borilayotgan ishlarga Pokiston bosh vaziri yuksak baho berdi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Samarqand va Buxoroni ko‘rishni yoshligimdan orzu qilardim» - Pokiston bosh vaziri Imron Xon