23:19 / 16.07.2021
2 807

Soliq qarzi uchun pomidorni qayta ishlovchi uskuna xatlab qo‘yildi


Soliq organlari tomonidan kelib tushayotgan ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, birgina Byuroning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida belgilangan tartibda olib borilgan ijro harakatlari natijasida jami 11,5 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.

Ijro hujjatini ta’minlash jarayonida soliq qarzdorliklarini to‘lamay kelayotgan shaxslarga nisbatan tegishli majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Xususan, ijro hujjatiga asosan qarzdor “Andijon O‘zbegim” agrofirma MCHJ hisobidan undiruvchi Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi foydasiga jami 280. mln so‘m soliq qarzi undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor tashkilot tomonidan soliq qarzlari o‘z vaqtida to‘lanmagach, qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan Italiyada ishlab chiqarilgan pomidorni qayta ishlovchi uskuna xatlab qo‘yildi. 755 mln. so‘mga baholangan ushbu uskuna hozirda elektron onlayn auksion savdosiga qo‘yilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzi uchun pomidorni qayta ishlovchi uskuna xatlab qo‘yildi