14:30 / 17.07.2021
1 495

Andijonda 21 yoshli fuqaro boshqaruvidagi yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt’ni urib yubordi


Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
16 iyul kuni soat 12:45 larda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yuk mashinasi va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, tumanning «Sadda» MFY hududida yashovchi 21 yoshli B.B. MAN yuk mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt avtomobiliga to‘qnashib, YTH sodir etgan.

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Mazkur YTH yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 21 yoshli fuqaro boshqaruvidagi yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt’ni urib yubordi