Terlab turgan odamning keskin sovishi immunitetning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti mutaxassisi Andrey Tyajelnikov so‘zlab berdi.
Uning ta’kidlashicha, terlab turgan odam uchun haroratning keskin o‘zgarishi uning organizmini stressga olib kelishi mumkin. Bu stress badandagi nam darhol sovishi oqibatida keskinlashadi.
Shu sababli konditsionerlardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish lozim. Mashina ichida haroratni konditsionerning birdaniga juda sovuq harorat rejimiga qo‘ymay, sekin-asta sovitish lozim.
Mutaxassis shamolli ob-havoda sayr qilishdan saqlanish va iloji boricha 25 darajagacha haroratda qolishni tavsiya qilgan. Shifokor badanni sovitishning eng samarali usuli sifatida dush qabul qilishni va shu bilan birgalikda u dush sovuq bo‘lmasligi kerakligidan ogohlantirgan.
Dushni kuniga iloji boricha bir necha marta qabul qilish lozim. Dush yoqimsiz ter hididan, badandagi ortiqcha yog‘ va changdan xalos bo‘lishga, teri teshikchalarining tozalanishiga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi