00:39 / 19.07.2021
2 706

Diyetologlar hech qachon iste’mol qilmaydigan 5 mahsulot


Oziq-ovqat haqida gap ketganda, diyetologlar kabi parhezga qat’iy amal qilish juda qiyin. Albatta, oddiy odamlar uchun ularning diyetasi juda qattiq va cheklangan bo‘lib ko‘rinadi, ammo ba’zi qoidalar qabul qilishga arziydi.

Qayta ishlangan go‘sht

Foto: Getty Images
Har qanday yarimtayyor go‘sht mahsulotlari: sosiska, kotlet, kolbasa va boshqalar tarkibida katta miqdorda tuz, konservantlar va boshqa qo‘shimchalar bo‘ladi. Diyetologlar bunday oziq-ovqat mahsulotlarini ratsiondan butunlay chiqarib tashlashni maslahat beradi, chunki ular tarkibida sog‘liqqa yomon ta’sir qiladigan zararli yog‘lar mavjud.

Ketchup va turli xil souslar

Foto: Getty Images
Agar siz bunday mahsulotlarning yorliqlarini sinchkovlik bilan o‘qisangiz, deyarli hammasida juda kam miqdordagi istisnolardan tashqari, natriy, ta’m beruvchi moddalar yoki shakar nihoyatda ko‘p miqdordaligini bilib olasiz. Bunday sun’iy mahsulotni iste’mol qilgandan ko‘ra zaytun moyidan foydalangan ma’qul.

Rangli qandlar

Foto: Getty Images
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ammo bolalar shirinliklari eng zararli mahsulot hisoblanadi. Haddan tashqari miqdordagi shakar va turli xil oziq-ovqat ranglari nafaqat tishlarga, balki vaznga ham salbiy ta’sir qiladi. Shirinliklar va karamellarda mavjud bo‘lgan «bo‘sh» kaloriya ochlikni umuman qondirmaydi, aksincha ishtahani yanada karnay qiladi.

Xom baliq va xom go‘sht

Foto: Getty Images
Bu cheklov endi kaloriya emas, balki organizm xavfsizligi bilan bog‘liq. Xom hayvon mahsulotlarida patogenlar bo‘ladi. Natijada pishmagan go‘sht yoki baliq iste’mol qilish kasallikka yoki kamida oshqozon buzilishiga olib kelishi mumkin. Noxush vaziyatlarning oldini olish uchun mahsulot yaxshilab pishirilganligiga ishonch hosil qiling.

Muzlatilgan taomlar

Foto: Getty Images
Muzdan tushirilib iste’mol qilinadigan tayyor ovqatlar mutaxassislar tomonidan qat’iyan man etiladi. Ular odatda tuz, shakar, konservantlar, ziravorlar va maza kuchaytirgichlardan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning tarkibida hech qanday kletchatka va foydali moddalar bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Diyetologlar hech qachon iste’mol qilmaydigan 5 mahsulot