15:16 / 19.07.2021
4 201

Кoronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan xususiy klinikalar ro‘yxati, narxi va manzillari


“Podrobno” nashri Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan xususiy klinikalar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatda shifoxonalarda davolash uchun to‘lanadigan narxlar ham ko‘rsatilgan bo‘lib, ular taxminiy hisoblanadi — har bir bemor uchun preyskurant davolash jarayonidan kelib chiqib belgilanadi. Unga ovqatlanish va dori vositalari, ba’zida laboratoriya tadqiqotlari xarajatlari ham kiritilishi mumkin. Shuningdek, ayrim klinikalar maxsus dori vositalarini — “Remdesivir” va boshqa dorilarni sotib olishni so‘ramoqda.

Klinikalar ro‘yxati:
“Asad” klinikasi
  • Bir kunlik davolanish — 2 million so‘mdan boshlanadi;
  • Manzil: Yunusobod tumani Tiklanish ko‘chasi 1;
  • Telefon: +998(71) 231-19-02.
Hayat klinikasi
  • Bir kunlik davolanish — 3 milliondan 5 million so‘mgacha bo‘lib, bemorning ahvoliga bog‘liq;
  • Manzil: Mevazor ko‘chasi 5/14 (mo‘ljal — Respublika perinatal markazi);
  • Telefon: +998 (71) 200-88-66.
Medion tibbiyot markazi
  • Bir kunlik davolanish — 4,5—5,5 million so‘m;
  • Manzil: Shayxontohur tumani Zulfiyaxonim ko‘chasi, 18;
  • Telefon: +998 (78) 140-00-10.
New Medical Service
  • Bir kunlik davolanish — 2 million so‘mdan boshlanadi;
  • Manzil: Yunusobod tumani 19-daha, Dehqonobod va KHAY ko‘chalari kesishmasi (mo‘ljal — “Nuroniy” sanatoriyasi);
  • Telefon: +998 (55) 503-25-30.
Reove
  • Bir kunlik davolanish — 1,5 million so‘mdan boshlanadi;
  • Manzil: Uchtepa tumani 15-daha, 22;
  • Telefon: +998 (71) 275-01-32.
Shams Medical Center
  • Bir kunlik davolanish — 1,5—3 million so‘mdan boshlanadi;
  • Manzil: Mirobod tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 16;
  • Telefon: +998 (95) 475-00-88.
Star Med Service
  • Bir kunlik davolanish — 2 million so‘mdan boshlanadi;
  • Manzil: Olmazor tumani, Keles yo‘li ko‘chasi, 52;
  • Telefon: +998 (71) 230-42-42.
Uni Medical Care
  • Bir kunlik davolanish — 2—2,5 million so‘mdan boshlanadi;
  • Manzil: Olmazor tumani Farobiy ko‘chasi, 14 A;
  • Telefon: +998 (78) 777-03-03.
Parents Holiday
  • Manzil: Toshkent, Yangi Olmazor ko‘chasi, 51;
  • Telefon: +998 (71) 228-10-42, 228-11-00, 248-18-18;
  • Mazkur klinika narxlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning may oyida Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shoshilinch profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilishini talab qiluvchi yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqi, istisno tariqasida, 2022-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Кoronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan xususiy klinikalar ro‘yxati, narxi va manzillari