16:54 / 20.07.2021
3 341

Saqich chaynashdan butunlay voz kechingizga sabab bo‘luvchi 10 ta fakt


Foto: Getty Images
Quyida mutaxassislarning muntazam saqich chaynash nafaqat tishlarga, balki boshqa organlarga ham qanday zarar yetkazishi mumkinligi haqidagi xulosalari bilan tanishing.

1-fakt: siz oddiy rezinkani chaynaysiz
Insoniyat har doim saqichga o‘xshash narsalar — qatronlar, xushbo‘y o‘tlar yoki tamakidan foydalanib kelgan. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmida saqich ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaror qilishganda, ular tabiiy mahsulotlarni tanlashmadi. Kamtar buxgalter Valter Diemer 1928 yilda dunyoga tarkibi kauchuk (yaxshiroq chaynash uchun), sirop, aromatizatorlar va tam beruvchilardan iborat o‘zining yangi saqich formulasini tanishtirdi.

Aslida kauchuk nima? Bu rezinka va ebonitlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy (gevea sharbati) yoki sintetik elastomer. Ya’ni og‘zingizga xushbo‘y plastinka yoki kvadrat shaklidagi saqichni solib, aslida rezinaning xom ashyosini chaynaysiz. Kauchuk esa organizmni zaharlashi mumkin bo‘lgan moddadir.

2-fakt: haddan tashqari shakar iste’mol qilish
Ba’zida shakar glyukoza siropi bilan almashtiriladi, ammo bu bilan sifat yaxshilanib qolmaydi. Ta’mi, albatta, yoqimli, hatto ba’zilar saqich konfet emas, bunday shirinlikdan hech qanday zarar bo‘lmaydi, degan xayol bilan o‘zlarini xursand qilishadi. Shakar qanday shaklda bo‘lmasin bakterial plyonka hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Og‘izdagi so‘lak saxarozani parchalaganda, u sut kislotasini ishlab chiqaradi, bu esa Streptococcus mutans bakteriyalari uchun ideal muhit hisoblanadi. Xuddi shu zararkunandalar og‘zingizda dekstrin to‘planishiga yordam beradi, bu esa tishlarda erimaydigan blyashka hosil qiladi. U o‘z navbatida kislota ishlab chiqaradigan boshqa bakteriyalar bilan to‘qnashadi, natijada tish to‘qimasi eriydi.

3-fakt: saqich tarkibida shakar o‘rnini bosuvchi kimyoviy moddalar mavjud
Albatta, ishlab chiqaruvchilar darhol shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni saqich tarkibiga qo‘shib, iste’molchini chalg‘ita boshlaydi – mana endi saqich xavfsiz. Aslo unday emas, chunki shakar o‘rnini bosuvchi moddalar ham o‘ziga xos tarzda zararli hisoblanadi. Shirinlashtiruvchi aspartam toksik moddalarga ajraladi, saxarin odatda kanserogen, suklamat allergiya keltirib chiqaradi, ksilitol siydik pufagi saratoniga sabab bo‘lishi mumkin.

4-fakt: homilador ayollar uchun xavfi
Saqich tarkibida so‘lak orqali tanangizga kiradigan balast deb ataladigan modda mavjud. Bu darhol homilada allergiya rivojlanishiga olib keladi. Natijada bolaning immunitet tizimi rivojlanishi buziladi.

5-fakt: gastrit va oshqozon yarasi
Agar och qoringa saqich chaynasangiz, oshqozon kislota ishlab chiqarishni boshlaydi. Unda esa erishi kerak bo‘lgan ovqat yo‘q! Natijada kislota oshqozon to‘qimalarini yeyishni boshlaydi, u yog‘ini o‘zingiz ham bilasiz. Gastrit, oshqozon yarasi, oq xalat kiygan odamlar, bir hovuch dorilar…

6-fakt: periodontoz bilan kasallangan bemorlar uchun xavf
Saqich chindan ham periodontoz kasallikning oldini olish vositalaridan biri bo‘lishi mumkin, ammo agar sizga bu tashxis qo‘yilgan bo‘lsa, unda har qanday holatda ham saqich chaynamang! Periodontit va periodontoz tishlarning chaynash yukining bir xilligini ta’minlovchi tish bog‘lamini buzadi. Natijada tish atrofidagi suyak to‘qimalariga chaynash bosimi beriladi. Saqichni qattiq chaynaganingizda suyak to‘qimalari atrofiyasi boshlanadi, tishlar bo‘g‘zi shilinadi, keyin esa yanada harakatchan va berqaror bo‘lib qoladi.

7-fakt: xotira buzilishi
Ingliz psixologlari saqich qisqa muddatli xotiraga ta’sir qilishini aniqlagan. Agar ko‘zingiz oldida turgan narxi yozilgan shampunning qancha turishini, uyda kalitlarni, dazmolni o‘chirishni unutib qo‘ysangiz, saqich chaynash sizga qanchalik qimmatga tushganini anglaysiz. Qisqa muddatli xotira yomonlashuviga har qanday monoton ongsiz harakat salbiy ta’sir qiladi.

8-fakt: Plomba, tish koronkasi va protez ko‘priklarni buzadi
Saqichni muntazam chaynash natijasida plomba tezda yomonlashadi, tishga qo‘yilgan koronkalar ishdan chiqadi, protez ko‘priklar zararlanadi. Birinchi navbatda, saqich mexanik ta’sirga ega – tishlar bekorga ishlaydi, ikkinchidan, kimyoviy: chaynash paytida ko‘p miqdordagi so‘lak ajralib chiqadi, unda gidroksidi hosil bo‘lib, tish muolajalarini yo‘qqa chiqaradi.

9-fakt: yosh bolalar uchun xavfi
Amerikalik nevrolog Jon Olneyn ta’mni yaxshilash uchun ishlatiladigan modda — glutamat xavfini isbotladi. Glutamat eksitotoksikani keltirib chiqaradi — asab hujayralari ushbu moddaning qo‘zg‘atishi tufayli nobud bo‘ladi. Bu rivojlanayotgan miya uchun o‘ta xavfli. Shu bois hech qachon 4 yoshgacha bo‘lgan bolaga saqich bermang.

10-fakt: tishlar rivojlanishiga ta’siri
Albatta, bu kattalarga emas, balki bolalarga tegishli. Tishlar o‘sish vaqtida doimiy saqich chaynash tish ko‘rinishiga ta’sir qiladi. Bolangizga saqich bergandan ko‘ra, ovqatdan so‘ng tishlarini yuvishga o‘rgatgan ma’qul.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saqich chaynashdan butunlay voz kechingizga sabab bo‘luvchi 10 ta fakt