18:03 / 20.07.2021
3 045

Qurbonlik haqidagi savollarga Fatvo hay’atining javoblari


Savol: Ota-onam vafot etganlar ular vafotidan oldin Alloh yo‘liga qurbonlik qilmaganlar. Endi men ularning nomidan qurbonlik qilsam bo‘ladimi?
Javob: Agar ota-onangiz tiriklik chog‘larida zimmalariga qurbonlik vojib bo‘lmagan bo‘lsa, siz ular uchun nafl qurbonlik qilib savobini bag‘ishlashingiz mumkin. Vallohu a’lam.

Savol: Ozgina qarzi bor kishi uyida boqib qo‘ygan qo‘yini qurbonlikka so‘ysa bo‘ladimi?
Javob: Uning qarzi hali talab qilinmaydigan qarz bo‘lsa, qurbonlik qilishi joizdir. Vallohu a’lam.

Savol: Qurbonlikka so‘yiladigan qo‘yning go‘shtining qanchasini tarqatish kerak?
Javob: Uchdan bir qismini tarqatish mustahab amaldir. Vallohu a’lam.

Savol: Agar jonliq bitta bulsa uni qurbonlikka so‘yish afzalmi yoki aqiqaga?
Javob: Zimmasiga qurbonlik vojib bo‘lgan kishi bo‘lsa, albatta qurbonlikka so‘yishi vojib bo‘ladi. Agar zimmasiga qurbonlik vojib bo‘lmasa, aqiqaga so‘ygani afzaldir. Vallohu a’lam.

Savol: Bir opaxon qo‘y boqqan ekanlar. Shu qo‘yni xayr-ehson qilib, o‘z ulushini sotib, bolalariga, ro‘zg‘origa ishlatsa bo‘ladimi? Shunday qilsa qurbonlik qabul bo‘ladimi?
Javob: Qurbonlik qilgan kishi o‘zi so‘ygan jonliqning go‘shtlarini sotishi joiz emasdir. Vallohu a’lam.

Savol: Mening molim nisobga yetgan, zakot beraman. Har yili qurbonlik qilishim vojibmi?
Javob: Zakot nisobiga yetgan mol-mulkga ega bo‘lgan har oqil-bolig‘ mo‘minning zimmasiga qurbonlik vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Savol: Ota-onamdan alohida yashayman, ular ukam bilan. Otamning moli nisobga yetgan. Men otam uchun mol olib uning nomidan qurbonlik qilishim joizmi?
Javob: Otangiz tarafidan qurbonlik qilmoqligingiz joizdir. Vallohu a’lam.

Savol: Bir tanishim “Shu yil qurbonlik qilmoqchi edim, menga bir-ikki kishi, birinchi marta qilayapsan, harom yilda birinchi marta qilinmaydi deb aytishdi, siz shu haqda bilmaysizmi?" deb qoldi. Shu haqda ma’lumot bersangiz. Maymun yilining qurbonlik qilishga daxli bormi?
Javob: Qurbonlik qilish zimmasida zakot berishi farz bo‘lgan yoki qurbonlik kunlariida zakot miqdoridagi mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon kishiga vojib bo‘ladi. Zimmasiga qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi yilning qanday yil bo‘lishidan qat’y nazar uni amalga oshirishi lozim. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurbonlik haqidagi savollarga Fatvo hay’atining javoblari