08:00 / 21.07.2021
1 737

Mutaxassis diabet xavfini oshiradigan mahsulotlarni sanab berdi

Mutaxassis diabet xavfini oshiradigan mahsulotlarni sanab berdi

Foto: «Sanfirabogdan / pixabay.com»
Qandli diabetning oldini olish uchun organizmga tez so‘riladigan uglevodlar miqdorini kamaytirish kerak. Bu haqda Rossiya Diyetologlar va nutritsiologlar milliy assotsiatsiyasi a’zosi, diyetolog-shifokor Marina Makishi «Narodniy Novosti»ga gapirib berdi.

«Bunga oq bug‘doy unining barcha navlari, tarkibida qand qo‘shilgan barcha mahsulotlar, tez tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlarning barcha turlari, tez pishadigan bo‘tqalar, yormalar va myusli kiradi», — deydi mutaxassis.

Makishining aytishicha, kasallik rivojlanish xavfi 40 yoshdan so‘ng sezilarli darajada oshadi. Shu bilan birga, ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi odamlar xavf ostida bo‘lishadi. Shu bois tez so‘riladigan uglevodlardan voz kechish bilan birga jismoniy faollikni ham oshirish talab etiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ovqatlanishini nazorat qilmaydigan va ortiqcha vaznga ega bo‘lgan har qanday odam diabetga chalinishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Mutaxassis diabet xavfini oshiradigan mahsulotlarni sanab berdi
[/banner_pushhouse