14:00 / 22.07.2021
3 008

Bankka o‘g‘ri tushdi


Karonavirus davri iqtisodiyoti.
O‘g‘ri bankdagi barchaga baqirdi: «Qimirlamang. Pul davlatniki. Jon esa sizniki».
Bankdagi barcha odam jimgina yerga yotib oldi. Bunga «Fikrni chalg‘ituvchi usul» deyiladi. Odatiy fikrlardan chalg‘itish.

Bir ayol borib stolning ustiga yotib oldi, shunda o‘g‘ri unga baqirdi: «Uyat-ye! Bu yerga o‘g‘rilik uchun keldik. Ishrat uchun emas!» Bunga «Mohirlik» deyiladi. Faqat qoyillatib qiladigan ishingiznigina bajarishga qasd qiling!

Bank o‘g‘rilari uyga qaytishganda, kichik o‘g‘ri katta o‘g‘ridan so‘radi: «Aka, qancha o‘g‘rilaganimizni bir sanamaymizmi?»
Katta o‘g‘ri yoqtirmay javob berdi: «Ahmoq. Shuncha pulni qachon sanab bo‘lamiz? Kechroq televizorda qancha o‘g‘rilaganimizni o‘zlari aytishadi». Bunga «Tajriba» deyiladi.

Bugungi kunda hayotiy tajriba qog‘ozda bitilgan malakadan ko‘ra ancha muhim. O‘g‘rilar bankdan chiqib ketishganida bank rahbari ishchisiga tezroq militsiya chaqirishni tayinlaydi. Ammo ishchi rahbariga:
«To‘xtang! Keling, bankdan o‘zimiz uchun yana 10 million olib, avval bankdan o‘margan 70 millionga qo‘shib qo‘yamiz».

Bunga «Oqimga qarab suzish» deyiladi. Har qanday qiyinchilikni o‘z foydasiga burib olish!
Ishchi yana: «Qani edi har oy shunaqa o‘g‘rilik bo‘lib tursa» dedi. Bunga «Ko‘ngilxushlik» deyiladi. Ichki quvonch ishdan muhim.

Keyingi kun. Televizorda bankdan 100 million o‘g‘irlangani aytildi. O‘g‘rilar ishonmay pullarini sanab chiqishdi, ammo ulardagi pul 20 million edi. O‘g‘rilarning jahli chiqib shunday dedi:
«Biz hayotimizni xavfga qo‘yib atigi 20 million oldik. Bank rahbari ko‘z ochib yumguncha 80 million o‘mardi-ya! Bunaqa o‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ra, o‘qimishli o‘g‘ri bo‘lganim yaxshi edi!» Bunga «Bilim oltindir!» deyiladi.

Bank rahbari mamnun. Uning qilmishlarini mazkur o‘g‘rilik qoplagan edi. Bunga «Vaziyatdan unumli foydalanish» deyiladi. Haqiqiy o‘g‘ri kim?

Karim Bahriyev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bankka o‘g‘ri tushdi