15:15 / 22.07.2021
1 840

O‘zbekistonda 23 iyul kuni havo bir oz bulutli bo‘ladi


«O‘zgidromet» 23 iyul, juma kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—24 daraja iliq, kunduzi 38—40 dajara issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 38—43 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 37—42 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 37—42 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 38—43 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 33—38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14—19 daraja iliq, kunduzi 26—31 daraja issiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 23 iyul kuni havo bir oz bulutli bo‘ladi