12:45 / 23.07.2021
3 281

DXX Qo‘qon shahrida bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi


Illustrativ foto
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, duradgorlik bilan shug‘ullanuvchi, 1998 y.t. shaxs muqaddam Turkiyaning Istanbul shahrida ishlagan vaqtida «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti emissarlari ta’siriga tushadi va keyinchalik yashash manziliga qaytib kelgach, mazkur tashkilot g‘oyalarini atrofdagilarga targ‘ib qila boshlaydi. Natijada 9 kishidan iborat guruh shakllanadi.

18-27 yosh oralig‘ida bo‘lgan guruh a’zolari orasida reklama agentligida va poyabzal ishlab chiqarish sexida ishlovchi, shuningdek, uy sharoitida bolalar kiyimlari ishlab chiqarish va sartaroshlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bor.

Ta’kidlanishicha, ular Qo‘qon shahrining turli mavzelarida to‘planib, xalqaro terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan «Abu Saloh», «Abdulloh Zufar», «Abdulloh Buxoriy», «Abdulloh domla»larning «hijrat» va «jihod» to‘g‘risidagi ma’ruzalari hamda da’vatlarini tinglab, o‘zaro muhokama qilishgan. Shuningdek, ular kelgusida Suriyadagi terroristik tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirishgan.

Guruh a’zolarining mobil telefon apparatlarida respublikamiz qonunchiligida ta’qiqlangan audio-video ko‘rinishidagi diniy materiallar borligi aniqlangan.
Hozirda Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Qo‘qon shahrida bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi