16:38 / 23.07.2021
930

Bir hafta ichida vazn tashlashga yordam beruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

Bir hafta ichida vazn tashlashga yordam beruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

Foto: «Domashniy ochag»
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va og‘irlikni bir xilda ushlab turish uchun ovqatlanish odatiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritish kerak. Va buni amalga oshirish unchalik ham qiyin emas.

Och qoringa bir stakan suv iching

Foto: «Domashniy ochag»
Faqat dangasalargina toza suv ichish organizm uchun muhimligi haqida yozmagan bo‘lsa kerak. Ammo ushbu maqolada ham bu haqida takrorlashga to‘g‘ri keladi. Haqiqat shundaki, suv tanadagi metabolik jarayonlarni faollashtiradi va oshqozon-ichak traktini ishlashga tayyorlaydi, shuning uchun yapon ayollari bu odatni bajarmasdan qo‘ymaydi.

Nonushta qilishni unutmang

Foto: «Domashniy ochag»
Ma’lum bo‘lishicha, nonushta eng muhim ovqatlanish hisoblanar ekan.  Shuningdek, qo‘shimcha 20 daqiqa uxlashdan ko‘ra afzal. To‘g‘ri ish joyida ham nonushta qilish mumkin, ammo suhbatlashish yoki tortishuvlar salbiy ta’sir o‘tkazishini unutmaslik lozim. Ayniqsa, erta tongda nonushta qilmaslik, stressni keltirib chiqaradi va bu metabolizmning pasayishiga olib keladi.

Har 3-4 soatda ovqatlaning

Foto: «Domashniy ochag»
Vazn yo‘qotish uchun yangi ovqatlanish dasturlarining siri nimada? Diyetolog  maqbul bo‘lgan barcha oziq-ovqatlarni tavsiya qilishi bilan birga ovqatlanish sonini odatdagi uchdan oltitaga ko‘paytiradi. Chunki ochlik ozg‘inlikning asosiy dushmani hisoblanadi. Shuning uchun ochlikni his qilishdan oldin ovqatlanib olishga harakat qilish kerak. Shuningdek, iste’mol qilish kerak bo‘lgan ozuqa grammdan oshmasligi lozim.

Tuz iste’molini nazorat qiling

Foto: «Domashniy ochag»
Tuz – kelishgan qomatning yana bir ashaddiy dushmani. U nafaqat tanadagi suvni ushlab turadi, balki ishtahani kuchaytiruvchi vosita hamdir. Shuning uchun tuz miqdorini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur.

Choy va qahva tarkibidagi shakardan voz keching

Foto: «Domashniy ochag»
Tuzning ortiqchasi organizm uchun zararli bo‘lganidek, shakarning ham ko‘pi foyda keltirmaydi. Odatda choy yoki qahvalarni shakarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuningdek, shirin ichimliklarni ham. Vaznga yana vazn qo‘shayotgan kilogrammlardan xalos bo‘lish uchun tarkibida shakar mavjud mahsulotlardan tiyilish tavsiya etiladi.

Ishga o‘zingiz bilan ovqat olib boring

Foto: «Domashniy ochag»
Ishdagi tushlik, dam olish va odatiy ishlardan qochish uchun ajoyib vazn ortishi uchun ajoyib imkoniyat. Ammo yoki shu kabi joylarda ovqatlanganda,   taom nimadan tayyorlanganligini, qaysi yog‘da qovurilganini, tuz va shakar miqdori qancha ekanligini bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ish va o‘qishga uyda tayyorlangan ovqatlardan olib borish tavsiya etiladi. Birinchidan, pul tejaladi. Ikkinchidan, har doim nima iste’mol qilinayotgani va uning  miqdori ma’lum bo‘ladi.

Foydali yeguliklarni tanovul qiling

Foto: «Domashniy ochag»
Uy bekalari yoki ishlaydigan xonimlar foydali yeguliklarni iloji boricha yaqin joyda saqlashi va muntazam ravishda iste’mol qilishi kerak. Bu yangi yoki quritilgan mevalar, yong‘oq yoki sut mahsulotlari aralashmasi bo‘lishi mumkin.

Ochlikmi yoki chanqoq? Ovqatlanishdan oldin tekshiring

Foto: «Domashniy ochag»
Ba’zan asosiy taomlanishdan keyin ham ochlik hissi tark etmaydi yoki darhol qorin ochgandek tuyiladi. Ammo hissiyotlar ham aldashi mumkin. Bu ko‘pincha ochlik emas, oddiy chanqoqdir. Shuning uchun, ovqatlanishdan oldin bir stakan toza suv ichish 10 daqiqa kutish lozim. Shundagina ochlik yoki chanqoqni aniqlash mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Bir hafta ichida vazn tashlashga yordam beruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar
[/banner_pushhouse