Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi. Ushbu yig‘ilishda davlat rahbari xalqimizga murojaat qildi.
«Fursatdan foydalanib xaqimizga murojaat qilmoqchiman.
Nuroniylarimizga, farzandlarimizga, hammaga juda ehtiyot bo‘laylik. Pandemiya yana o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatyapti. Bu ko‘rinmas dushman biz bilan juda katta kurash olib boryapti. Shuning uchun: vaksinatsiya, vaksinatsiya va yana vaksinatsiya. Juda katta mashaqqatlar bilan biz vaksinalarni olib kelyapmiz.
To‘rtinchi avgust kuni yana uch million yangi doza vaksinalar Amerikadan olib kelinadigan bo‘ldi. Hozir 2,5 million doza vaksinalarimiz bor, lekin haliyam odamlarimiz vaksinalarga ishonishmayapti, juda katta yo‘qotish bo‘lyapti oramizda. Sog‘lig‘imizga e’tiborli bo‘lishimizga yana bir marta da’vat qilmoqchiman. Befarq bo‘lmaylik. Ko‘rinmas dushman yonimizda yuribdi. Ko‘ryapsizlar, yana shifoxonalarimiz to‘lib ketdi. Ularni yopgan edik bir vaqtlar... Qanday og‘ir keldi hozirgi pandemiya va qachon tugaydi, hech kim bilmaydi», dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi