«Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (459-son, 24.07.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarning kafilliklarini berish va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklarni qoplash tartibi joriy qilinadi.
Shunga ko‘ra, qaror bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, kafillik ro‘yxatdagi qarz oluvchilarga banklar tomonidan ajratilgan (ajratiladigan) ipoteka kreditlari bo‘yicha beriladi.
Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to‘lov (mukofot puli) undirilmaydi.
Kafillik hokimliklar tomonidan «Xalqparvar» komissiyalarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina beriladi.
Kafillikni olish uchun qarz oluvchi ariza hamda unga ilova sifatida shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini hokimlikka taqdim etadi.
Hokimlik hujjat kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay:
- hujjatlarni «Xalqparvar» komissiyasiga;
- qarz oluvchi va uning oila a’zolarining shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlarini hududiy davlat soliq boshqarmasiga yuboradi.
- tanqidiy mulohazalar bo‘lmaganda – qarz oluvchini ro‘yxatga kiritadi va hokimlikka ipoteka krediti bo‘yicha kafillik berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ijobiy xulosani taqdim etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi