11:25 / 25.07.2021
1 155

Biznes ombudsmanning tadbirkorlarga murojaati

Biznes ombudsmanning tadbirkorlarga murojaati

Hurmatli tadbirkorlar!
 
Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatiga Davlat aralashuvini imkon qadar cheklash borasida so‘nggi yillarda qator islohotlar amalga oshirilayotgani hech kimga sir emas. 

Aynan xususiy tadbirkorlikni Davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash maqsadida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining talablaridan kelib chiqqan holda Biznes ombudsman instituti joriy etildi. Shuningdek bevosita Bosh Vazirga bo‘ysunuvchi tadbirkorlarni murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha har bir tuman va shaharda Bosh Vazir qabulxonalari tashkil etildi. Bundan tashqari aynan shu yo‘nalishda Savdo sanoat palatasi va bir necha jamg‘arma va agentliklar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Shu bilan birga aynan shu yo‘nalishlarda kelib tushayotgan murojjatlar tahlili sohada ayrim tadbirkorlarning individual muammolaridan tashqari hali ham o‘z yechimini topmagan tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan tadbirkorlar faoliyatini Davlat organlari tomonidan nazorat qilishdagi muammolar, soliq tizimidagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etishda yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklar, bank kreditlarini uzaytirish va mijozlarga individual yondoshuv tizimining yo‘qligi, yer maydonlari ajratish va kommunikatsiya tarmog‘iga ulanishdagi muammolar shular jumlasidandir.

Hech kimga sir emas, ayrim muammolar shaxsan Davlat rahbari tomonidan ko‘tarilib nazoratga olingandan so‘nggina o‘z yechimini topmoqda.
Tadbirkorlarning iqtisodiyot va jamiyatda tutgan o‘rni, ularga bo‘lgan e’tibor natijasi o‘laroq yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu tadbirda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, Respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan Biznes ombudsman, tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, Savdo sanoat palatasi va ularning hududiy bo‘linmalarida 11-00 qisqa raqam va (71) 238-52-52, (78) 150-60-06, (71) 202-09-06 telefon raqamlari, shu tashkilotlarning internet tarmoqlari orqali tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflaringizni yetkazishingiz mumkin.

Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmasdan individual yoki umumlashgan tarzda ochiq muloqotga kiritilishi rejalashtirilgan.
 
 Biznes Vakil Devoni matbuot xizmati


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Biznes ombudsmanning tadbirkorlarga murojaati
[/banner_pushhouse