17:23 / 25.07.2021
3 359

Vaksina ta’sirini nima kamaytirishi ma’lum qilindi?


Foto: «Podrobno.uz»
Uyqu yetishmasligi immunitetni tushiradi va emlash samarasini kamaytirishi mumkin, dedi rossiyalik somnolog Mixail Poluektov. Uning ta’kidlashicha, ushbu nazariya gripp va gepatit A ga qarshi emlashlar bilan allaqachon isbotlangan.

Poluektovning fikricha, uyquga to‘ymagan odam turli infeksiyalarni yuqtirish ehtimoli yuqori ekanligini isbotlovchi ko‘plab tadqiqotlar mavjud. Bu uyqu va immunitet o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik borligini anglatadi. Uyqu paytida organizm himoya kuchlari tiklanadi va mustahkamlanadi.

Poluektov, shuningdek, hujayralar darajasidagi uyqu yetishmasligi ham biokimyoviy jarayonlarga ta’sir qilishi mumkinligini ma’lum qildi. Masalan, hujayra immuniteti jarayonida ishtirok etadigan T-limfotsitlar ishlab chiqarilishi kamayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vaksina ta’sirini nima kamaytirishi ma’lum qilindi?