09:00 / 26.07.2021
2 317

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo saqlanib turadi


Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida issiqning biroz pasayishi kutilmoqda.

Kunduz kuni havo harorati 41-44 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 45-46 daraja issiqqacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 35-40 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda issiq bo‘ladi. Shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 41-43 daraja issiqni tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo saqlanib turadi