23:03 / 26.07.2021
2 164

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori O‘zbekiston aholisiga murojaat bilan chiqdi

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori O‘zbekiston aholisiga murojaat bilan chiqdi

Kadr: Videodan skrinshot
Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Anvar Husanov hozirda vaziyat jiddiy ekanini ta’kidlab, aholiga murojaat yo‘lladi.

«Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar. Mening ismim Anvar Husanov. Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktoriman. Sizlarga shifokor sifatidagi burchim deb murojaat qilishga ahd qildim.

Bugungi kunda Yer yuzida koronavirusni yana rivojlanishi, pandemiyani kuchayishi kuzatilmoqda. O‘zbekistonda ham kasallik avj olmoqda.
Bizning shifoxonamizga, ming afsuski, og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlar murojaat qilmoqda. Ularni aksariyati uyda shifokor bo‘lmagan, ushbu mutaxassislik bo‘yicha tajribasi yo‘q kimlarningdir gapiga kirib, qolaversa, internetda e’lon qilingan qandaydir dori–darmonlar, antibiotiklar, gormonoterapiya qabul qilib, ming afsus, 5–6-kunida o‘ta og‘ir holatda bizga olib kelinmoqda.

Jonlantirish bo‘limida biz – mutaxassislar davo muolajalarini qilmoqdamiz. Ming afsuski, ko‘p holatlarda og‘ir yoki o‘ta og‘ir bemorlar hayotini saqlab qololmaslik holatlari bo‘lmoqda.

Hurmatli vatandoshlar, agar COVID-19’ning birinchi belgilari – isitma ko‘tarilish, tomoq og‘rishi, tananing hamma joyida og‘riq sezish va yo‘tal belgilari bo‘lganda, iltimos sizlardan, hududiy poliklinikangizga, mobil brigadalarga, qolaversa, 103 yoki 1003 raqamiga murojaat qilib, mutaxassislarning tavsiyasini olib, davo muolajalarini olishingizni iltimos qilaman.
O‘zingizni ehtiyot qiling va yaqinlaringizni asrang», – deydi Anvar Husanov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori O‘zbekiston aholisiga murojaat bilan chiqdi
[/banner_pushhouse