2 925
«Perevod» uchun o‘tish balli 66,1 ball etib belgilandi. Bu – maksimal ballning 35 foizi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, 66,1 ball shu vazirlik tizimidagi OTMlarga o‘qishini ko‘chiruvchilar uchun belgilangan. 66,1 ballni to‘play olganlar o‘zi ko‘chirgan OTMda bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.
“Bu yil o‘tgan yillardagidan farqli ravishda imtihonni DTM oladi. Bu OTMlarga hujjat topshirib, DTM imtihoni asosida talaba bo‘lgan abituriyentlarga nisbatan adolatni ta’minlash uchun qilindi.
Shuningdek, imtihonda o‘tish ballini to‘plolmaganlar tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishi mumkin”, deb ma’lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov.
Bunda:
- 65,1 va 66 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 1,5 baravari miqdorida;
- 64,1 va 65 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 2 baravari miqdorida;
- 63,1 va 64 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 2,5 baravari miqdorida;
- 62,1 va 63 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 3,5 baravari miqdorida;
- 56,7 va 62 ball oralig‘ida to‘plaganlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorida;
- 56,6 va undan kam to‘plaganlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining 2 baravari miqdorida to‘lab o‘qishi mumkin.
“O‘qishni ko‘chirishda 1 yil oldingi kirish imtihonlaridagi maksimal ball asos qilib olinadi. Belgilangan bu o‘tish balli keyingi yillarda ham bir yil oldingi ballga qarab belgilanadi va o‘zgarishi mumkin”, dedi Abduvali Xoliqov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi