15:19 / 27.07.2021
2 416

Majburiy emlanishdan bosh tortish mumkinmi?


«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonunda fuqaro yoki uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning to‘xtatilishini talab qilish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Shunga ko‘ra, hech bir shaxs vaksina olishga majbur qilinmaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Respublika Bosh davlat sanitariya vrachi «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi Qonundagi vakolati doirasida epidemiologik ko‘rsatkichlar asosida emlanishi lozim bo‘lgan kontingentlarning (masalan epidemiologik noxush hududda ishlaydiganlar, mazkur hududda yashaydiganlar, ushbu hududlarga tashrif buyurmoqchi bo‘lganlar va boshqalar) emlash kalendarini tasdiqlaydi.

Xususan, ushbu kalendarda kiritilgan 13 ta epidemiologik kasalliklarga qarshi emlanish qatoriga Bosh davlat sanitariya vrachining qarori bilan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib koronavirusga qarshi profilaktik emlash ham Epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha profilaktik emlash kalendariga kiritildi.

Ushbu emlash qo‘shimcha tarzda aholining ayrim toifalari o‘rtasida doimiy ravishda o‘tkaziladigan profilaktik emlashlarning davomiy qismi hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, fuqarolar ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi uchun (asosan aholi bilan ko‘p muloqot qiluvchi faoliyat turlari) koronavirusga qarshi emlashdan o‘tishi kerak.

Shu bilan birga, Aholiga epedemiologik xavfsiz va qulay sharoit yaratish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Loyihada Bosh davlat sanitariya vrachining «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan vakolatini fuqarolarning sog‘lig‘i saqlash borasidagi asosiy qonun hujjati hisoblangan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonunda ham mustahkamlab qo‘yish taklif etilmoqda.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda xalqaro ekspertlar koronavirusga qarshi kurashish va uning yangi to‘lqinlarining oldini olish ommaviy vaksinatsiya orqali muvaffaqiyatli tashkil etilishi mumkinligi yuzasidan tavsiyalarini inobatga olgan holda,

Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritish orqali, ish beruvchiga profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan xodimlarni ishga qo‘ymaslik huquqini berish ko‘zda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Majburiy emlanishdan bosh tortish mumkinmi?