23:31 / 28.07.2021
2 422

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash 10 yil davom etishi mumkinligini ma’lum qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor olimlar tadqiqotiga asoslanib, koronavirus bilan kurash kamida 10 yil davom etishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda «Sputnik V» vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish masalasida Rossiya rahbariyati bilan muzokaralar olib borilmoqda, shuningdek, mamlakat o‘zbek-xitoy vaksinasini ham ishlab chiqarmoqchi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etgan.

«Bugun ertalab olimlar tadqiqotini o‘qidim: bu kasallikka qarshi hali yana kamida 10 yil kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Shu sababli ham ‘Sputnik V’ va o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarishni muhokama qilyapmiz. O‘zimizning vaksinani ham JSSTga taqdim etdik. Buning uchun katta pullar ajratilyapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kuni kecha Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi O‘zbekistonning Jurabek Laboratories korxonasi bilan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini ishlab chiqarish uchun Xitoydan xom ashyo yetkazib berish muddatlari va hajmi borasida kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.

May oyida esa Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma’lum qilingan edi. O‘zbekiston tomoni bunday taklif bilan 2020 yilning dekabridayoq chiqqan va ishlab chiqarish maydonchasi sifatida Tashkent Pharma Park hududini taklif qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash 10 yil davom etishi mumkinligini ma’lum qildi