13:10 / 29.07.2021
2 611

«Toshkentda birga-bir gaplashadigan GAI» videosiga izoh berildi


Foto: YHXBB
Ijtimoiy tarmoqda «Toshkentda birga bir gaplashadigan GAI» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 23:00 larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz va T.Shevchenko ko‘chalari kesishgan chorrahada YPX xodimlari O.Nazirov va F.Atayevlar tomonidan «Lasetti» rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisining amal qilish muddati o‘tganligi va o‘z muddatida to‘lanmagan jarimalari mavjudligi aniqlangan.

YPX xodimi tomonidan qoidabuzarlik bo‘yicha bayonnoma tuzilgan. Haydovchi o‘z muddatida to‘lanmagan jarimalarni shu joyning o‘zida onlayn tarzda bartaraf qilgan. Shundan so‘ng, haydovchi transport vositasi texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talon yo‘qolib qolganligini aytib, YPX xodimiga e’tirozlar bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Toshkentda birga-bir gaplashadigan GAI» videosiga izoh berildi