16:40 / 29.07.2021
2 325

Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 26 yoshli andijonlik shaxs qo‘lga olindi


Andijonda internet orqali Suriyadagi terrorchilik tashkiloti yollovchilari bilan aloqada bo‘lib, ularning ta’siri ostida Suriyaga ketishni rejalashtirgan 26 yoshli shaxs ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, I.O ismli mazkur shaxs virtual tarmoqlarda terrorchilarning jihod qilishga undovchi materiallar bilan tanishib, ularni internet tarmoqlarida tarqatib kelgan.

Terrorchilik guruh yollovchilari taklifiga asosan fuqaro I.O. 2021 yilning aprel oyida Turkiya davlatiga chiqib ketgan. Ma’lum muddat terrorchilarning Suriya hududiga o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi mas’ullari nazoratida bo‘lgan va Suriya chegarasiga o‘tish hududida turk harbiylari tomonidan qo‘lga olingan.

Xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida I.O. Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Olib borilgan dastlabki tergovga qadar tekshiruv tadbirlari davomida jinoiy faoliyati o‘z tasdig‘ini topgan va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 26 yoshli andijonlik shaxs qo‘lga olindi