19:19 / 30.07.2021
1 449

Qidiruvdagi 3 ta Lacetti avtomobillari topildi

Qidiruvdagi 3 ta Lacetti avtomobillari topildi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 29 dekabr kunidagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "CHINZARA TEXTIL" MCHJ dan undiruvchi “ARTUM FINANCE” MCHJ foydasiga 81 169 490 so‘m zarar undirish belgilangan.

Ushbu ijro varaqasi Byuroning Chinoz tumani bo‘limiga 2020 yil yilning 26 oktabr kuni kelib tushgan bo‘lib, davlat ijrochisi Sh.Mamaraimov tomonidan 26.10.2020 yil kuni ijro ishini qo‘zg‘atish qarori qabul qilingan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro xarakatlari natijasida javobgar qarzdor "CHINZARA TEXTIL" MCHJ dan undiruvchi “ARTUM FINANCE” MCHJ foydasiga 81 169 490 so‘m zarar undirishni imkoni bo‘lmaganidan so‘ng, joriy yilning 27 yanvar kuni qarzdor "CHINZARA TEXTIL" MCHJ ga tegishli bo‘lgan 3 ta Lacetti rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvda bo‘lgan 3 ta Lacetti avtotransport vositasi aniqlanib topildi va undiruvchiga topshirilishi ta’minlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi 3 ta Lacetti avtomobillari topildi
[/banner_pushhouse