12:54 / 31.07.2021
1 692

O‘zbekistonga Airbus vertolyotlari olib kelindi

O‘zbekistonga Airbus vertolyotlari olib kelindi

O‘zbekistonga fuqarolik aviatsiyasi uchun Airbus vertolyotlari olib kelinishi bo‘yicha ko‘p marta xabar berilgandi. Joriy yil fevral oyida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda Airbus International kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse prezidenti Jak Garrig o‘rtasida Airbus Helicopters kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi to‘rtta vertolyot xarid qilinayotgani to‘g‘risida ma’lumot tarqatilgan.

Bu vertolyotlardan birinchisi 4 iyunda, ikkinchi 12 iyunda O‘zbekistonga yetib kelgan va shu kungacha rasmiylashtirish jarayoni o‘tkazilgan. Keltirilgan bu vertolyotlar H-125 modelda bo‘lib, oktabr oyida yetib kelishi rejalashtirilayotgan, H-130 modeldagi qolgan ikkita vertolyot birmuncha yirikroq o‘lchamda bo‘ladi.

Bugun, 31 iyul kuni vertolyotlarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tmoqda va bu O‘zbekistonda fuqarolik aviatsiyasining yangi yo‘nalishi ochilganidan darak beradi. Taqdimot marosimida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ham ishtirok etyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga Airbus vertolyotlari olib kelindi
[/banner_pushhouse