13:20 / 31.07.2021
2 681

Avgust oyida moddiy yordamga muhtoj oilalar farzandlariga 500 ming so‘mdan pul beriladi


"Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, avgust oyida moddiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash xarajatlari budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Xususan, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to‘lmagan bolalariga va nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan bolalarga 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish belgilandi.

Bunda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga bir martalik moddiy yordam to‘lash xarajatlari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to‘lmagan bolalariga, nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan bolalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash xarajatlari – Pensiya jamg‘armasi hamda vazirlik va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘laridan qoplanadi. Yordam pullari 25 avgustga qadar manzilli yetkazilishi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avgust oyida moddiy yordamga muhtoj oilalar farzandlariga 500 ming so‘mdan pul beriladi