13:30 / 01.08.2021
2 301

Sergelida omborxonada portlash oqibatida bir ishchi vafot etdi, uch kishi jarohatlandi


Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxona binolaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi.
FVV matbuot xizmati xabar berishicha, hodisa 31 iyul kuni taxminan 19:30larda «Qushqo‘rg‘on» mahallasidagi omborxona binolaridan birida ro‘y bergan.

Hodisa oqibatida omborxona binosidan tashqari, mazkur korxonaning ma’muriy binosi ham vayron bo‘lgan. Bundan tashqari, qo‘shni binoda joylashgan nonvoyxona ham qisman zarar ko‘rgan.

Favqulodda holat natijasida korxonaning bir ishchisi hayotdan ko‘z yumgan, uch kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga binoda gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Hodisa joyida FVV qutqaruvchilari, IIV, prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida omborxonada portlash oqibatida bir ishchi vafot etdi, uch kishi jarohatlandi