09:43 / 02.08.2021
2 972

Qashqadaryoda bank xodimlari mijozlar tomonidan kaltaklandi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi fuqaro sheriklari bilan bankirlarni kaltaklagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bankers.uz sayti xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Qarshi tumanida yashovchi fuqaro Erkin (barcha ismlar o‘zgartirilgan) 2020 yil «Universalbank»dan jami 350 million so‘m kredit olgan. Bank xodimlari kredit so‘ndirish grafigiga muvofiq, fuqaroga iyul oyi uchun 23 million so‘m to‘lashi lozimligini tushuntirish uchun uning yashash uyiga borgan. Tumanning «Fayzobod» mahallasida yashovchi fuqaro esa sheriklari bilan besh nafar bank xodimini urib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Nashr jurnalisti bilan bog‘langan jabrlanuvchilarning biri hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qarshi filialida davolanayotganini bildirgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, bank xodimlari ushbu holat yuzasidan Qarshi tumani IIBga murojaat qilgan. Murojaat natijasida tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi mazkur holat yuzasidan sud tibbiy ekspertiza tayinlagan.

Vaziyatni izohlagan viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda bank xodimlari mijozlar tomonidan kaltaklandi