12:44 / 02.08.2021
1 620

O‘zbekistonda bir kunda 863 kishida koronavirus, 498 kishida pnevmoniya qayd etildi


O‘zbekistonda 1-avgust kuni 863 kishida koronavirus qayd etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 131 079 nafarga yetgan.

Yangi kasallanganlarning
  • 87 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 32 nafari Andijon viloyatida,
  • 23 nafari Buxoro viloyatida,
  • 92 nafari Jizzax viloyatida,
  • 27 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 21 nafari Navoiy viloyatida,
  • 40 nafari Namangan viloyatida,
  • 89 nafari Samarqand viloyatida,
  • 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 91 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 89 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 49 nafari Xorazm viloyatida,
  • 95 nafari Toshkent viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1-avgustda kun davomida Qoraqalpog‘istonda 92 nafar, Jizzaxda 125 nafar, Qashqadaryoda 24 nafar, Navoiyda 26 nafar, Namanganda 28 nafar, Samarqandda 65 nafar, Surxondaryoda 77 nafar, Farg‘onada 95 nafar, Toshkent viloyatida 74 nafar, Toshkent shahrida 127 nafar bemor — mamlakat bo‘yicha jami 733 nafar bemor tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 124 728 nafarga (kasallikka chalingani rasman qayd etilganlarning 95 foizi) yetdi.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 886 nafarni tashkil qildi.
Bundan tashqari, kun davomida 498 kishida pnevmoniya tasdiqlangan bo‘lib, jami bemorlar soni 11 367 nafarga yetgan. 1-avgust kuni ularning 319 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 4253 nafarni tashkil qilmoqda. Uch nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 76 nafarga yetdi.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda bir kunda 863 kishida koronavirus, 498 kishida pnevmoniya qayd etildi