16:13 / 02.08.2021
2 194

O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video)


Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Tojikistonda 5—10 avgust kunlari Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya qo‘shinlari ishtirokida uch tomonlama mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bo‘linmasi mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyga kolonnada yurish qilgan. Qo‘shni davlat hududida kolonnada yurishlariga O‘zbekiston havo kuchlarining «Mi-35» jangovar vertolyotlari hamrohlik qildi.

«Mashg‘ulotlarda tashqi tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar ustida ishlash kerak bo‘ladi. Mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hamkorlikdagi mashg‘ulotlar Tojikistonning «Harb Maydon» poligonida o‘tkaziladi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video)