6 270
Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘ldi
Kadr: Telegram
Voyaga yetmagan 11 yoshli bola 1973 yilda tug‘ilgan amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingan. Bu haqda bloger Aqida Xanum Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
«3 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im bilan ko‘p janjallashib qolardik. Hatto, turmush o‘rtog‘im uyimizni sotib, bizni ko‘chaga haydagan paytlar bo‘ldi. Bir kunda 40-50 litr sut sotib kelganimda ham shu o‘g‘lim bilan bitta non olib yerdik, xolos. Ro‘zg‘orimizga yordam bo‘lsin, deya ortiqcha narsa yemasdim. Er-xotin bitta chorva fermasida ishlardik. Bir kuni o‘g‘limning zo‘rlanganini bilib qoldim. Shunda turmush o‘rtog‘imga ‘Akangiz o‘g‘limizni zo‘rlab qo‘yibdi, xabaringiz bormi?’ desam, ‘ha bilaman. Lekin nima qilay? U meni akam. So‘yib tashlamayman-ku’ dedi», — gapirib beradi bolaning onasi.
Aniqlanishicha, ayol o‘g‘lini 7 yoshida qaynakasiga farzandlikka bergan.
«Bu ish 2018 yoki 2019 yilda boshlangandi. Birinchi buvamni tomorqasiga ekinlarni sug‘orishga borganimizda bo‘lgan. Ikkinchisi 3-4 oydan keyin qo‘yimiz tuqqanida shuni emizishga birga borganimizda bo‘lgan. Og‘riq zo‘ridan ko‘pincha buvamga aytmoqchi bo‘lganman, ammo aytolmaganman. Bu ish anchadan beri davom etib kelardi. Bir kuni, noiloj, buvamga aytishga majbur bo‘ldim. O‘tgan yili may oyida oyim meni shifokorga olib bordilar», — deydi 11 yoshli bola.
Ma’lum bo‘lishicha, shifokor, mahalla profilaktika inspektori va boshqalarning gaplariga qaramay bolaning onasi, buvasi andisha sababli 48 yoshli amakiga qarshi ish ochishni rad qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi