23:40 / 03.08.2021
2 795

70000$ evaziga 19 yilga qamalgan mahkumni qamoqdan chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Foto: Videolavhadan skrinshot
Surxondaryo viloyatida 19 yilga qamalgan mahbusni 70 ming dollar evaziga mansabdor tanishi orqali chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda «Yangi davr» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 9 iyul kuni Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sho‘rchi tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 32 yoshli fuqaro termizlik 38 yoshli tanishidan 10 yildan beri Koson tumanidagi qamoqxonada jazoni o‘tayotgan mahkumni ozodlikka chiqarish uchun 70 ming dollar so‘ragan.

E. ismli fuqaro IIV Jazoni ijro etish departamentida yaqin kishisi ishlashini aytib, tanishini ishontirgan.
Shundan so‘ng tezkor tadbir natijasida E. so‘ralgan 70 ming dollar puldan 25 ming dollarini Toshkent shahrida olayotganda ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi va 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 70000$ evaziga 19 yilga qamalgan mahkumni qamoqdan chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi