21:13 / 03.08.2021
5 471

Samarqandlik 6 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan 25 yoshli sportchi qiz qamaldi

Samarqandlik 6 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan 25 yoshli sportchi qiz qamaldi

Foto: Videolavhadan skrinshot
Samarqand viloyatida 4 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan 6 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.

Videolavhada aytilishicha, 25 yoshli sportchi qiz o‘zi bilan birga sport mashg‘ulotiga qatnab yurgan yigitdan homilador bo‘lib qolgan. So‘ngra bola tug‘ilganidan keyin uni sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushgan.

U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topildi va sud hukmiga ko‘ra 4 yilu 6 oy muddatga qamaldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik 6 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan 25 yoshli sportchi qiz qamaldi
[/banner_pushhouse