19:19 / 04.08.2021
3 572

Namanganda aka-uka COVID-19’ga chalinmaganini bilmoqchi bo‘lgan shifokorni ayovsiz kaltakladi


Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada fuqaro shifokorni ayamasdan tagiga bosib olib do‘pposlayotganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, videolavhada yuz bergan holat bo‘yicha 2021 yil 28 iyul kuni Namangan shahar IIO FMB 2-son IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar asosida IIB xodimlari tomonidan voqea joyiga borilib tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, Namangan shahar «Yangiqurilish»  MFYda joylashgan 10-sonli oilaviy poliklinikada shifokor bo‘lib ishlovchi, 1994 yilda tug‘ilgan N.K.ni oldiga Namangan shahrida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan B.N. va akasi 1996 yilda tug‘ilgan G.N.lar farzandining sog‘lig‘i yaxshi emasligi va tana harorati ko‘tarilib ketganligidan shikoyat qilib, tibbiy yordam so‘rab kelgan.

«Sog‘lig‘imiz yaxshi emas, tana haroratimiz ko‘tarilib ketyapti, bizga tibbiy yordam ko‘rsating», deganlaridan so‘ng navbatchi shifokor A.U. ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, «Tana haroratlaring ko‘tarilmagan, COVID-19’ga test topshirdilaringmi?», deganida aka-uka J.F. va B.F. unga «Sen bizga noto‘g‘ri tashxis qo‘yyapsan, bizning kimligimizni bilasanmi, poliklinika boshlig‘i Fazliddindan bizning kim ekanimizni so‘rab bilib olgin, chaqir boshlig‘ingni», deb qo‘llari bilan A.U.ni urib, yerga yiqitib, bir necha marta tepib, unga tan jarohati yetkazgan.

Shifokorga olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, 2021 yil 4 avgust kungi xulosaga ko‘ra shifokorga sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, videoda ko‘rsatilgan voqea ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda aka-uka COVID-19’ga chalinmaganini bilmoqchi bo‘lgan shifokorni ayovsiz kaltakladi