19:23 / 05.08.2021
2 888

Olimlar qora sedana koronavirusga qarshi kurashda samarali ekanini aniqladi


Foto: Pixabay
Avstraliyalik tadqiqotchilar qora sedana koronavirus infeksiyasini davolashda foydali ekanini isbotladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, Nigella Sativa urug‘lari — sedana, qora zira, Rim kashnichi asrlar davomida ko‘plab kasalliklar, xususan, yallig‘lanish va infeksiyani davolashda foydalanib kelingan.

Olimlarning qayd etishicha, Nigella Sativa’ning faol tarkibi bo‘lgan timoxinon SARS-CoV-2 virusining oqsili tikanlariga «yopishib» olib, ularning o‘pka infeksiyasini chaqirishini bloklashi mumkin.

«Shuningdek, bu koronavirus bilan kasalxonalarga yotqizilgan og‘ir ahvoldagi bemorlardagi ‘sitokin bo‘roni’ni bloklay oladi», — deyiladi tadqiqotda.

Timoxinon yallig‘lovchi kimyoviy vositalar — interleykinlar ajralishining oldini olib, insonning immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu orqali u allergik kasalliklar — astma, ekzema, artrit, skleroz va hatto tilla stafilokokni davolashda muhim rol o‘ynaydi. Ammo uni oshqozon-ichak traktida tabiiy so‘rilish yomon bo‘lgan holatda ishlatmaslik kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda nemis olimlari qora chetan sharbati SARS-CoV-2 virusining 97 foizini yo‘qotishi mumkinligini aniqlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar qora sedana koronavirusga qarshi kurashda samarali ekanini aniqladi