20:20 / 06.08.2021
2 592

Milliy gvardiya xodimlariga fuqarolarning avtomobillaridan majburiy tarzda foydalanishga ruxsat berildi


O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xodimlariga ayrim holatlarda fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda hukumatning «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorda so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yetkazish, jinoyatlar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga olib borish, hodisa joyiga yetib olish uchun davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tartibda foydalanishi mumkin.

Milliy gvardiya organlari tomonidan transport vositasidan majburiy tarzda foydalanilganda, transport vositasining egasiga harbiy xizmatchi (xodim) o‘z identifikatsiyalovchi hujjatini berishi shart.

Transport vositasi egasi Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchisi (xodimi) tomonidan transport vositasidan foydalanish uchun harbiy xizmatchi (xodim) identifikatsiyalovchi hujjatini taqdim etmagan taqdirda, harbiy xizmatchining (xodimning) talabini bajarmaslik huquqiga ega.

Quyidagi tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
  • xorijiy davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga tegishli transport vositalari;xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari;
  • maxsus mo‘ljallangan va tovush chiqaruv moslamalari (sirena) o‘rnatilgan transport vositalari hamda hukumat rahbarlarini olib yuruvchi, tez tibbiy yordam, yong‘in o‘chirish, konvoy, inkassator xizmatlarining transport vositalari;
  • shahar yo‘lovchi tashish transport vositalari.
Milliy gvardiya organlari tomonidan mulkiy zarar miqdorini aniqlash hamda uning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar Milliy gvardiyaga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

Milliy gvardiya organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda harbiy xizmatchining (xodimining) noqonuniy xatti-harakatlari tufayli foydalanganlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni Milliy gvardiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiya xodimlariga fuqarolarning avtomobillaridan majburiy tarzda foydalanishga ruxsat berildi