14:50 / 07.08.2021
5 082

Bosh vazir Abdulla Aripov Shavkat Mirziyoyev haqida gapirdi


O‘zLiDeP siyosiy kengashi majlisi vaqtida bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida fikr bildirib o‘tdi.
– O‘zbekistonda butunlay yangicha iqtisodiy-ciyosiy, ijtimoiy-ma’naviy, ilmiy-ma’rifiy iqlim paydo bo‘ldi.

Xo‘sh, mamlakatimiz bunday maqtanishga arzigulik natijaga qanday erishdi?
Erishilayotgan natijalarga aslo qoniqmaslik, muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lmaslik, mavjud ahvolni haqqoniy, ishlarni muntazam tanqidiy baholashga, o‘zlarining va jamoalarining oldiga tinimsiz bir-biridan murakkab vazifalar qo‘yib, doim marrani baland olishga da’vat qilgan hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodalari va shaxsiy namunalari bilan erishdik.

Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Go‘yo, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida qilinayotgan mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilayapmiz. Aslida, buning zamirida, davlatimiz oldida turgan dolzarb muammolarni aql-idrok bilan yecha oladigan, fidoiy, mard, serg‘ayrat va tafakkuri kuchli bo‘lgan shaxsning – hurmatli Shavkat Miromonovichning qat’iyatlari mujassamdir, – dedi Abdulla Aripov.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam O‘zLiDeP tomonidan Shavkat Mirziyoyevning nomzodi O‘zbekiston prezidentligi saylovi uchun qo‘yilgani xabar qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh vazir Abdulla Aripov Shavkat Mirziyoyev haqida gapirdi